YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi Doimiy vakili Kamol Muxtorovning YUNESKO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘rinbosari Gabriela Ramos bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO-O‘zbekiston xalqaro mukofoti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ilk taqdirlash marosimini YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqandda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. 


Alohida e’tibor O‘zbekistonda sun’iy idrok texnologiyalariga tayyorligi to‘g‘risidagi YUNESKO hisoboti, mamlakatimizning YUNESKO Yoshlar anjumanidagi ishtiroki hamda ushbu tashkilot bosh qarorgohida “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida” ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratildi.