O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2025-yilda 19-Venetsiya me’morchilik biennalesida O‘zbekiston pavilionidagi ko‘rgazma doirasida amaliyot o‘tash dasturiga bag‘ishlangan grantni e’lon qiladi. Amaliyotchilar 2025-yil 8-maydan 23-noyabrgacha ko‘rgazma xodimlari sifatida jonbozlik ko‘rsatib, biennale davomida O‘zbekiston pavilionining kundalik faoliyatini boshqaradilar.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Amaliyot dasturi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Amaliyot avvalambor me’morchilik, san’at, kuratorlik, san’at boshqaruvi, san’at tarixiga qiziquvchi, xalqaro me’morchilik biennalesida tegishli ish tajribasini orttirishdan manfaatdor bo‘lgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.

Amaliyot nimani taklif etadi?

Amaliyot dasturi talabgorga me’morchilik biennalesida ishlash va ushbu turdagi xalqaro tadbirlarning ichki ishi haqida qimmatli amaliy bilimlarni olish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Xalqaro ish tajribasidan tashqari, amaliyotchilar biennaleda 80 dan ortiq milliy pavilionlarni ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularga zamonaviy me’morchilik va dizayndagi eng dolzarb g‘oyalar haqida tushuncha beradi.

Amaliyotchining vazifalari

Amaliyotchilar O‘zbekiston milliy pavilionida ko‘rgazma xodimlari va vositachilar vazifasini bajaradi. Ular biennalening tarixiy joyi – “Arsenale” markazida joylashgan pavilionning kundalik ishini nazorat qilib, boshqaradilar. Amaliyotchilarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

● ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni salomlash, ko‘rgazma haqida, O‘zbekistonning madaniy merosi va zamonaviy san’ati haqida alohida tashrif buyuruvchilarga va  guruhli sayrlar doirasida ham hikoya qilib berish;
● tashrif buyuruvchilar soni va ularning tashriflari bo‘yicha so‘rovlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish;
● jurnalistlarning muloqot tafsilotlarini to‘plash;
● Pavilionni har kuni ochish va yopish;
● Pavilionni har kuni mahalliy texnik guruh bilan hamkorlikda yaxshi holatda saqlab turish;
● ijtimoiy tarmoqlar qisqa matnlar va fotosuratlar uchun vaqti-vaqti bilan so‘rovlar jo‘natish;
● Pavilionda sodir bo‘layotgan voqealar haqida muntazam xabar berish;
 

Amaliyot qaysi muddatlarda o‘tkaziladi?

Amaliyot muddati – 3,5 oy.

1-bosqish 2025-yil 5-maydan 10-avgustgacha, 2 nafar amaliyotchi tanlab olinadi.

2-bosqish 2025-yil 11-avgustdan 23-noyabrgacha, 2 nafar amaliyotchi tanlab olinadi.

● amaliyotchilarni Venetsiyada mahalliy nazoratchi rahbar, O‘zbekistonda esa ko‘rgazma loyihasi boshqaruvchisi qo‘llab-quvvatlaydi.

Venetsiya biennalesi ommaviy tomosha uchun haftada 6 kun, seshanbadan yakshanbagacha (ayrim istisnolar bilan) soat 11:00 dan 19:00 gacha yoki soat 10:00 dan 18:00 gacha ochiq bo‘ladi. Amaliyotchilar haftada taxminan 37 soat ishlaydilar.

Amaliyot boshlanishidan oldin barcha amaliyotchilar vazifalar bilan tanishish, biennale va Venetsiya shahri shart-sharoit manzarasi haqida tushunchaga ega bo‘lishlari uchun onlayn kirish uchrashuviga taklif etiladilar.

Grantga nimalar kiradi?

● Amaliyotning butun davri, shu jumladan turar joy ijarasi to‘lovi uchun 56 500 000,00 so‘m miqdoridagi ijodiy mehnat haqi.
● O‘zbekistondan Venetsiyaga va ortga 1 ta avia parvoz qatnovi
● “Arsenale”dagi biennale ko‘rgazmalariga bepul kirish
● Turar joy –  ijodiy mehnat haqiga “Arsenale” yaqinidagi turar joy ijarasi uchun to‘lov kiradi (kirish darbozasidan 1 daqiqa piyoda yurish). Amaliyotchilar shartnomani imzolab va amaliyot o‘tashga rozi bo‘lib, ijara haqini to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Alohida uy-joyni mustaqil ijaraga olish masalasida Jamg‘arma sarf-xarajatlarni qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.
 

Talablar

Nomzodlardan quyidagilar kutiladi:

● O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi;
● O‘zbekiston madaniyatini puxta bilish;
● yozma va og‘zaki ingliz tilini erkin bilish mahorati. Boshqa xorijiy tillarni, ayniqsa italyan tilini egallaganlikka tanlovda afzallik beriladi;
● me’morchilik, san’at, san’at tarixi, dizayn, madaniyatshunoslik fakultetlarida o‘qigan yoki ularni bitirgan yoki ushbu sohalarda tegishli va hujjatlashtirilgan tajribaga ega;
● me’morchilik va san’at bilan bog‘liq ko‘rgazma loyihalarida avvalgi tajriba tanlovda afzallik hisoblanadi.
 

Biz xalqaro muhitda mustaqil ishlash va har kuni tashrif buyuruvchilar bilan faol muloqot qilish qobiliyati, jo‘shqin ish vaziyatiga faol javob berish va moslashish hamda Jamg‘arma jamoasi bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini qadrlaymiz. Ish muhiti, masalan, ob-havo iqlim sharoiti yoki tashrif buyuruvchilarning ko‘pligi tufayli o‘zgarishi mumkin.

 

Ariza topshirish

2025-yil 23-mart Toshkent vaqti bilan soat 11:59 ga qadar Venetsiya zamonaviy me’morchilik biennalesi doirasida amaliyot o‘tash granti manziligamotivatsiya maktubingiz (taxminan 1 sahifada ushbu amaliyotga nima uchun ariza topshirayotganingiz va kuchli jihatlaringiz yoritilgan), ingliz tilida rezyume (1 ta pdf faylda) hamda ingliz tilidagi video tashrif qog‘ozingiz havolasini yuboring.

Iltimos, pdf faylingiz familiya_ism yo‘zilgan holda nomlang va elektron pochta mavzusiga “Venetsiya me’morchilik biennalesida amaliyiot”ni yozing.

Iltimos, motivatsiya maktubingizda amaliyot davri uchun qulay vaqtingiz va/yoki afzal ko‘rgan sanalaringizni (05.05-10.08; 11.08-23.11) ko‘rsating.

Biz talabgorlarning amaliyot o‘tash muddatlari bo‘yicha xohish-istaklarini inobatga olishga harakat qilamiz.

 

Tanlov natijalari 2025-yil 28-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:59 da e’lon qilinadi.