O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Gangodji ibodatxonasi madaniy merosini o‘rganish institutiga tashrif buyurib, u yerda restavratsiya markazi vakillari va ilmiy xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif davomida Nara milliy muzeyida 2027-yilga rejalashtirilgan qo‘shma arxeologik ko‘rgazmani tayyorlash bosqichlari hamda yaponiyalik mutaxassislar tomonidan Surxondaryo hududida, xususan, Termiz shahrida olib borilgan restavratsiya loyihalari va tadqiqotlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Alohida eʼtibor IV asrga oid osori atiqa – ikki yil oldin Naradan topilgan va hozirda Institutda restavratsiya qilinayotgan ʻʻIlon qilichiʼʼ deb ataladigan osori atiqaga qaratildi. Qilich mintaqalarning tarixiy aloqalari va madaniy o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi bo‘lajak ko‘rgazmaning asosiy eksponatlaridan biri sifatida koʻrib chiqilmoqda.