O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonda uch yillik missiysiani o‘tkazgan fransuz restavratsiya eksperti Patrisiya Verges-Libai o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 200 dan ortiq san’at asarlarini restavratsiya qilish, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, restavratsiya ustaxonasini tashkil etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisob qilindi.
Jamg‘arma Patrisiya Verges-Libai xonim va Fransiya xalqaro texnik yordam agentligiga professional almashinuvni rivojlantirish va O‘zbekistonda madaniy merosni asrash tizimini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.