Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ekspozitsiyada avangard yo‘nalishidagi asarlar orasida an’anaviy hunarmandchilik san’ati, masalan, Buxoro ipak to‘qimachiligi namunalarini uchratish mumkin. XIX asr oxiridagi mato naqshi bir necha o‘n yillardan keyin butun dunyo galereyalarida paydo bo‘la boshlagan predmetsiz rangtasvirni eslatadi. Namoyishga yonma-yon qo‘yilgan to‘qimachilik va rangtasvir avangardi asarlari hunarmandchilik usullarining katta san’atda qoldirgan o‘chmas badiiy vorisligiga oid beixtiyor mushohadalarga yetaklaydi.
Ko‘rgazma 2025-yilning dekabr oyiga qadar davom etadi.