YUNESKOning Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Buxoroning madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurilib, ularni asrab-avaylash masalalari va rejalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Buxoro madaniy merosini asrab-avaylash va rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Muhokamalarda Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova, Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari Botirjon Shahriyorov, Buxoro shahri hokimi Qurbon Tursunov hamda Oʻzbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakili Kamol Muxtarovlar ishtirok etdilar.
“Wilmotte & Associés” tomonidan taqdim etilgan loyihalar Buxoroning tarixiy qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Madaniy meros sohasining yetuk mutaxassislari, jumladan, Madaniy meros agentligi vakillari ushbu tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha navbatdagi qadamlar va rejalarni muhokama qildilar. Madaniy merosni boshqarishda majmuaviy va tizimli yondashuvning muhimligi alohida ta'kidlandi.