Doha shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Og‘a Xon Ali Muhammad Janobi Oliylari va Og‘a Xon madaniyat vaqfi jamg‘armasi bosh direktori Luis Monreal bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Qatar taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida Samarqanddagi Bibixonim masjidini restavratsiya qilish loyihasi doirasida keng qamrovli izlanishlarni boshlashni muhokama qildilar. Tadqiqotlar pirovardida ilmiy asoslangan restavratsiya yechimlarini ishlab chiqish va loyiha bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik sa’y-harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.