2026-yil 3-oktabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Toshkentdagi Buyuk Knyaz Nikolay Konstantinovich saroyida Rossiya Imperatorlik uyi rahbari Buyuk Knyaginya Mariya Vladimirovna Romanova bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Buyuk Knyaginya Saroy tarixi hamda tarixiy yodgorlikni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Buyuk Knyaz Nikolay Konstantinovichning tarixiy merosi, uning Toshkentdagi hayoti va Turkiston o‘lkasini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Restavratsiya ishlari boshlanishi arafasida tomonlar tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, Saroy tarixi va Buyuk Knyaz Nikolay Konstantinovich hayoti bilan bog‘liq arxiv materiallari, tarixiy hujjatlar va boshqa manbalarni o‘zaro almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.