31-avgust kuni Venetsiya shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Venetsiya meri Simone Venturini bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat xalqaro madaniy hamkorlikni izchil kengaytirib, jahonning yetakchi madaniy maydonlarida o‘z ishtirokini mustahkamlab kelmoqda.

Alohida e’tibor kelgusi qo‘shma tashabbuslarga, jumladan 2027-yil bahorida Grimani saroyida ishga tushirilib, 100 dan ortiq betakror muzey osori atiqalarini jamlaydigan O‘zbekiston arxeologik merosining keng ko‘lamli ko‘rgazmasiga qaratildi.