31-avgust kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Markaziy madaniyat va istirohat (sobiq Telman) bog‘i bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram oqshomini o‘tkazdi. Tadbirning asosiy ishtirokchilari bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari bo‘lishdi.
Madaniy meros xiyobonida kulolchilik, so‘zana tikish, doira va dutor chalish kabi 8 ta hunarmandchilik va 5 ta musiqiy burchak mehmonlarga peshvoz chiqdi. Amfiteatrda milliy raqs bo‘yicha mahorat darsi, taniqli o‘zbek estrada xonandalari ishtirokida musiqiy chiqishlar hamda konsert bo‘lib o‘tdi.
Bayram dasturi turli jismoniy imkoniyatlarga ega tashrif buyuruvchilarni jamlagan ochiq madaniyat o‘chog‘i sifatida tashkil etilib, unda har bir kishi turli tadbirlarda ishtirok etishi va mazkur shukuhli kechadan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.