O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi LOEWE FOUNDATION Craft Prize 2027 xalqaro ochiq tanlovini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekistondagi rassomlar hamda hunarmandlarni unda ishtirok etishga taklif etadi. Mukofot an’anaviy bilim va usullarni o‘ziga xos zamonaviy ijodiy yondashuv asosida qayta talqin qilayotgan ijodkorlarni e’tirof etadi.
Tanlovda 18 yoshdan oshgan rassomlar va hunarmandlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar yakka tartibda yoki hammualliflikda yaratilgan bir yoki bir nechta asarni taqdim etishlari mumkin. Asarlar original bo‘lishi va avval mukofotga sazovor bo‘lmagan bo‘lishi lozim. Rangtasvir asarlari, xolstda yaratilgan asarlar va qo‘lyozmalar tanlovga qabul qilinmaydi.
G‘olib €50 000 miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi, maxsus e’tirofga sazovor bo‘lgan ikki asar muallifiga esa €5 000 dan taqdim etiladi. Finalchilarning asarlari 2027-yil bahorida Yevropada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyish etiladi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mahalliy ijodkorlarning arizalarini dastlabki saralashdan o‘tkazishi hamda tanlab olingan nomzodlarga xalqaro tanlovda ishtirok etish uchun materiallarni tayyorlashda ko‘mak berishi mumkin. Ishtirok etish uchun qisqacha tarjimai hol, asar tavsifi va uning fotosuratlarini 2026-yil 15-oktabrga qadar opencalls@acdf.uz elektron manziliga yuborish lozim.