Homo Faber 2026 doirasida 6–9-sentabr kunlari Venetsiyadagi San-Jorjo-Majore orolida o‘zbekistonlik usta Madina Kasimbaevaning so‘zana san’ati bo‘yicha qator ochiq mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma mehmonlari so‘zana tikishning an’anaviy uslubi va ushbu san’atning madaniy xususiyatlari bilan tanishib, qadimiy hunar kasbi zamonaviy hunarmandlar ijodida qay tarzda yuksalib borayotganiga ham guvoh bo‘ladilar.
Mahorat darslari zamonaviy badiiy hunarmandchilik xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lmish Homo Faber 2026 dasturi doirasida o‘tkaziladi.