Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida hozirgi zamon xoreografiyasining qalblarni junbishga keltiruvchi eng ta’sirchan spektakllaridan biri bo‘lgan Boris Eyfmanning “Qizil Jizel” baleti namoyishlari o‘z yakuniga yetdi.

Sankt-Peterburg davlat akademik balet teatri Toshkentga uch kechani in’om etgach, tomoshabinlar olgan taassurotlaridan san’atkorlar bilan xayrlashishni uzoq istamadilar.

Chaykovskiy, Shnitke va Bize taronalari ostida balerina Olga Spesivtsevaning daholik, inqilob, muhojirlik va ruhning ohista so‘nishi tarixi namoyon bo‘ldi. Unda Eyfman hikoya qilish bilan cheklanmaydi, balki ushbu iztiroblarni tomoshabin bilan daxldorlikda boshidan kechiradi. Va uni unutish mushkul.