1-sentabr kuni O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan sahnalashtirilgan “Ko‘k mitti yoki marvarid yurak” nomli spektaklning ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Yangi sahnalashtirilgan asarning ilk tomoshabinlari bolalar va ularning ota-onalari bo‘lib, ular birgalikda so‘zlar bilan emas, balki aksariyati qo‘g‘irchoq teatrining xatti-harakat, musiqa, chiroq nurlari va ifodali qiyofali tili bilan hikoya qilingan voqeaga guvoh bo‘ldilar.
Spektakl zamirida xayrixohlik, samimiylik, kechirimli bo‘lish va yordamka kelishga tayyorlik haqidagi hikoya yotadi. Tomoshabinlar qahramonlar bilan daxldorlikda qator sinovlarni boshlaridan kechirib, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va fidoyilik qadrini kashf etadilar.
“Ko‘k mitti yoki marvarid yurak” spektaklining navbatdagi namoyishlari 5, 6, 12 va 13-sentabr kunlari soat 12:00 va 17:00 da O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadi.
Chiptalar havolada.