O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Venetsiyadagi 2026-yilgi Xalqaro san’at biyennalesi doirasidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy pavilioni va parallel ko‘rgazma loyihasida faoliyat yuritish uchun mediatorlar lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Biz kimlarni izlayapmiz?
Zamonaviy san’atga qiziqqan, ingliz tilini biladigan O‘zbekistonlik talabalar, bitiruvchilar va yosh mutaxassislar.

Sizni nimalar kutmoqda?
— Dunyoning eng yirik san’at tadbirlaridan birida ishlash imkoniyati
— Yashash, aviachipta va sug‘urta bilan ta’minlanish
— Xalqaro tajriba va professional rivojlanish

Arizalar topshirish muddati:
🗓 2026-yil 22-fevral, soat 11:59 gacha (Toshkent vaqti bilan)
📩 biennale@acdf.uz

Xat mavzusi: Open Call — Mediator, Art Biennale 2026

Batafsil ma’lumotlar Jamg‘armaning rasmiy veb-saytida (https://www.acdf.uz/oz/news/open-call-for-mediators).