Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida Tigran Amasyan — o‘z avlodining eng betakror pianinochilari va bastakorlaridan biri — sahnaga chiqadi. 

Armanistonda tug‘ilgan Tigran jaz improvizatsiyasi, progressiv rok va o‘z yurti boy folklor an’analarini mohirona uyg‘unlashtiradi. Uning iste’dodi nufuzli tanlovlarda, jumladan, “Montrё” xalqaro jaz festivali hamda “Telonius Monk” nomidagi tanlovdagi g‘alabalari bilan e’tirof etilgan. Festival doirasida pianinochi yangi “Manifeste” albomi dasturini taqdim etadi — unda qadimiy ohanglar zamonaviy tovush bilan uyg‘unlashgan musiqiy sayohat aks etadi. 

Sizni 6-may kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutamiz. 

Festival 28-apreldan 13-maygacha davom etadi — barcha konsertlar uchun kirish bepul!