Bu yil Venetsiyada o‘tkazilayotgan badiiy hunarmandchilik sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri — Homo Faber: An Island of Light ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik ustalar Sanjar Kubayev, Alisher Nazirov va Shavkiddin Kamolovning asarlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekistonni, shuningdek, Young Ambassadors dasturi mediatorlari sifatida Diyorbek Abdullayev va Sabina Jo‘rayeva ham namoyish etmoqda. Ko‘rgazma dasturi Madina Qosimbayevaning an’anaviy so‘zana kashtachiligi bo‘yicha mahorat darslari bilan boyitilgan.

O‘zbekistonning ko‘rgazmadagi ishtiroki O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Michelangelo Foundation o‘rtasidagi hamkorlikning davomi bo‘lib, mamlakat hunarmandchilik an’analarini xalqaro miqyosda targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmani bu yerda tomosha qiling.