O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘lkashunos tarixchi, yozuvchi Boris Golenderning yaqinlari va oila a’zolariga o‘zining chuqur hamdardligini bildiradi. Boris Anatolyevich kecha 78 yoshida vafot etdi va o‘z ortidan mamlakatimiz, xususan, ardoqli Toshkentimiz tarixi va madaniyati haqida yuzlab ilmiy-ommabop maqolalar, sayyohlik qaydnomalari, hujjatli filmlardan iborat katta xotirani qoldirdi.

U o‘z tinglovchilariga o‘zlari istiqomat qilib turgan joyga nisbatan muhabbatga oshno qilishga o‘ta mahoratli edi. Boris Anatolyevich o‘z yurtini faqat arxiv hujjatlari va qo‘lyozmalaridangina emas, balki odamlar va ko‘chalar taqdiri bilan bog‘liq hikoyalardan ham teran anglardi. Uning uchun tarix — xotira, tafsilotlar va kechinmalar bilan boyitilgan jonli o‘zgaruvchan mohiyatga ega modda edi. Boris Golender o‘z bilimlarini ehtiros va cheksiz mehr bilan baham ko‘rishar, ma’ruzalar o‘qir va ekskursiyalar o‘tkazar edi. U shaharni, shahar esa o‘z aholisi timsolida uni sevardi.

Ustozning porloq xotirasi qalblarda abadiy.