🇫🇷🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga davlat tashrifi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi fransuz hamkorlar bilan madaniy meros va ta’lim sohasida bir qator bitimlarni imzoladi.


Jamg‘arma raisi va ALIPH Kengashi raisi Bariza Khiari tomonidan Meros muhofaza qilish xalqaro alyansi (ALIPH) bilan imzolangan bitim qo‘shma restavratsiya loyihalari, merosni saqlashning ilg‘or usullaridan foydalanishga yo‘l ochish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, Jamg‘arma raisi ALIPH Kengashiga a’zo bo‘ldi.


Fransiya Milliy madaniy meros instituti bilan bitim meros sohasidagi mutaxassislar uchun ta’lim dasturini ishga tushirish va Fransiyada amaliyot o‘tashni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.


Jamg‘arma raisi o‘rinbosari va institut direktori Mari Favero tomonidan Fransiyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti bilan imzolangan protokolda noyob kitoblar va qo‘lyozmalarni saqlash bo‘yicha konferensiyalar, ta’lim dasturlari va loyihalarni o‘tkazish nazarda tutilgan.